Fransiya ommaviy axborot vositalari yaqinda Luvr muzeyida sodir etilgan o‘g‘irlikda ikki gumondor hibsga olingani haqida xabar tarqatdi.
Ulardan biri 25 oktyabr kuni kechqurun Parijdagi Sharl de Goll aeroportida hibsga olingan. U Jazoirga uchishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan. Ikkinchisi esa, o‘lka poytaxti chekkasidagi Sena-Sen-Deni hududida politsiya tomonidan hibsga olingan.

Ushbu o‘g‘irlik bilan bog‘liq to‘rtta gumondor qidirilmoqda. Ulardan ikkitasi muzeyga yuk ko‘tarish mashinasi yordamida kirgan, qolgan ikkitasi esa ularning qochishiga yordam bergan.
“The Telegraph” gazetasi avvalroq, muzey xavfsizlik xodimi o‘g‘rilar bilan bog‘lanib, ularga xavfsizlik tizimidagi ma’lumotlarni uzatganini xabar qilgan edi.

Muzeydagi o‘g‘irlikda ikki gumondor hibsga olingandan so‘ng, Fransiya prokurori Bekko tergov haqidagi ma’lumotlar tarqalishidan g‘azablanganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hibsga olishlarni muddatidan oldin e’lon qilish “o‘g‘irlangan zargarlik buyumlari va qolgan to‘da a’zolarini qidirishdagi sa’y-harakatlarga xalaqit qilishi mumkin”.
S.Rahimov, O‘zA