Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Luqmai halolga baraka
10:25 / 2020-12-14

Jizzax viloyatida joriy yilda 3,2 ming gektar tabiiy va 5,2 ming gektar sun’iy ko‘llarda 4,2 ming tonna baliq yetishtirildi.

Prezidentimizning 2018 yil 6 noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori soha istiqbolini belgilab berdi. Qarorga muvofiq, bank, soliq va bojxona tizimlarida baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga yengilliklar va qulayliklar yaratildi.  

Baliqchilik rivojlantirish bo‘yicha davlatimiz tomonidan yaratib berilgan imtiyoz va qulayliklarning amalda ijrosini ta’minlash “O‘zagroinspeksiya” ning hududiy organlari tomonidan nazorat qilinib, zarur yordam ko‘rsatilayotir.  

Shu imkoniyatlardan foydalanilib Zafarobod tumanining Sobir Rahimov fermer xo‘jaliklari hududiy uyushmasida joylashgan “Intensiv laqqa baliq” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2 gektar maydonda intensiv usulda Amerika laqqa baliqlarini ko‘paytirish yo‘lga qo‘yildi. Loyihani ishga tushirish uchun 1 milliard 270 million so‘m bank krediti va 500 million so‘m tashabbuskorning mablag‘i yo‘naltirilgan.

Loyiha to‘liq amalga oshirilishi bilan yiliga 800 tonna baliq yetishtirish rejalashtirilgan. Dastlabki natija ham bu rejaning aniq hisob-kitoblarga asoslanganini ko‘rsatib turibdi. Xo‘jalikda joriy yilning o‘zida 170 tonna baliq yetishtirildi

– Baliqchilikni rivojlatirishga tumanda e’tibor kuchaytirilmoqda,  – deydi “O‘zagroinspeksiya” ning Zafarobod tuman bo‘limi chorvachilikda naschilik ishini nazorat qilish bo‘yicha katta inspektori Jahongir Javinboyev. — Bu borada bizning inspeksiyamiz zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklangan. Shundan kelib chiqib, sohani innovatsiyalar asosida tashkil etish, baliqchilik xo‘jaliklari egalarining bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda amaliy yordam  ko‘rsatib kelmoqdamiz.  

Viloyatda joriy yilning o‘tgan davrida baliqchilikni rivojlantirish yo‘nalishida 11 ta investsiya loyihasi amalga oshirildi.

 

T. BEKNAZAROV, O‘zA