Luqma: Ko‘chaning qoq o‘rtasidagi “stolba”
Yangi asfalt yotqizilgan ko‘chaning o‘rtasida elektr-energiyasini beton tayanch ustuni (stolba) bo‘lishini ko‘z oldingizga bir keltiring.
Yo‘lsozlar o‘z ishini qilgandir, ammo boshqalar buni ko‘rmagan deb o‘ylaysizmi? Ularni bunga boshini qotirgisi kelmaganga o‘xshaydi. Yo‘l o‘rtasida o‘rnatilgan ustun qayerda ekan deyishingiz mumkin. Bu Farg‘ona viloyatining So‘x tumani “Navobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘cha. Ijtimoiy tarmoqlar orqali mazkur holat tasvirlangan videolavha tarqaldi.

Tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, masala hal etilib, tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan beton tayanch ustun ko‘chaning chetiga olindi. Shu muammo asfalt ishlari boshlanganda bajarilganida kulgili holat ro‘y bermasmidi?

M. Sulaymonov, O‘zA