Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Luis Enrike Ispaniya termasini tark etdi, uning oʻrnini Roberto Moreno egallaydi
21:11 / 2019-06-19

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike egallab turgan lavozimini tark etdi.


Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike egallab turgan lavozimini tark etdi. Bu xabarni shu munosabat bilan chaqirilgan maxsus matbuot anjumani paytida Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales tasdiqladi.

Enrikening oʻrnini 41 yoshli mutaxassis Roberto Moreno egallaydi. U bungacha Ispaniya terma jamoasida yordamchi murabbiy lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib oʻtamiz, Enrikening “qizil Furiya” bilan shartnomasi 2020-yilning 15-iyuliga qadar amal qilardi. Biroq, u joriy yilda oilaviy sabablarga koʻra Ispaniya terma jamoasini deyarli boshqarmagandi.

Luis Enrike boshqaruvida “qizil Furiya” 10ta oʻyin oʻtkazib, shundan 8tasida gʻalabaga erishib, yana ikkita oʻyinda imkoniyatni boy berdi.

“Luis Enrike bizga oʻz lavozimida boshqa ishlolmasligini maʼlum qildi, - dedi Rubiales. – Unga terma jamoadagi faoliyati uchun minnatdorlik bildiraman, bizda Enrikega nisbatan hech qanday eʼtiroz yoʻq. Biz u bilan bir maqsad atrofida birlashgandik va Luis uchun terma jamoa eshiklari hamisha ochiq”.