Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“L&T Construction” kompaniyasi mahalliy korxonalar imkoniyati bilan tanishmoqda
14:01 / 2024-04-29

Poytaxtimizdagi “Uzkabel” AJ korxonasida Hindistonning “L&T Construction” kompaniyasi vakili ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda  ikki tomon vakillari mamlakatimizda qurilishi rejalashtirilgan quyosh va shamol elektr stansiyalari uchun kabel-sim mahsulotlarini mahalliy korxonalardan olish imkoniyatlarini o‘rganish masalasida fikr almashdi.    

Mamlakatimizda yirik xorijiy kompaniyalar ishtirokida quyosh va shamol elektr stansiyalari qurilmoqda va ushbu loyihalar uchun ulkan hajmdagi kabel-sim mahsulotlari zarur bo‘ladi.  

Shu sababli, mazkur loyihalarning qurilish ishlarini olib boruvchi Hindistonning “L&T Construction” kompaniyasi esa mahalliy korxonalarimiz imkoniyatlari bilan tanishmoqda. Ma’lumot o‘rnida, “L&T Construction” qurilish, muhandislik, texnologiyalar, ishlab chiqarish va moliya sohalarida faoliyat yuritadigan yirik kompaniya hisoblanadi. U bugungi kunda 30 dan ortiq davlatda yirik loyihani amalga oshirmoqda.  

Shundan kelib chiqib, uchrashuvda tomonlar bu borada so‘z yuritar ekan,  yurtimizda quriladigan quyosh, shamol elektr stansiyalari uchun kabel mahsulotlarining mahalliy korxonalar tomonidan yetkazib berilishi kooperatsiya aloqalari rivojiga hamda import balansi saqlanishiga ijobiy ta’sir qilishini ta’kidladi.  

Tadbir yakunida ushbu masala yuzasidan tomonlar yana  muzokaralar olib borishga kelishib oldi.  

 

N.Ziyodullayeva,  

O‘zA