Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Lozannada O‘zbekiston sportchilarining "Xanchjou-2022"dagi ishtiroki bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi
15:47 / 2023-12-20

Shveysariyaning Lozanna shahrida “Raqamli aloqa va ijtimoiy tarmoqlar” mavzusida o‘tkazilgan uchinchi mintaqaviy seminarda 15 dan ortiq mamlakat vakillari qatori O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mutaxassislari ham ishtirok etdi.

Tadbir Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi va Olimpiya birdamligi loyihasi asosida bo‘lib o‘tdi. Seminarda ijtimoiy tarmoqning bugungi kunda tutgan o‘rni, uni yuritishda sun’iy intellektdan foydalanish masalasini joriy etish kabi mavzular muhokama qilindi.  

Seminarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Xalqaro aloqalar departamenti mutaxassisi Humoyun Ibragimov “O‘zbekiston delegatsiyasining "Xanchjou-2022" yozgi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yoritish” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.  

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA