French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Loyihaning yakunlari sarhisob qilindi
11:11 / 2026-03-05

Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazida “Qoraqalpog‘iston Respublikasining degradatsiyaga uchragan hududlarida barqaror qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish” loyihasi doirasida Texnik qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA), Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi (IICAS), Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti (KARI) va Toshkent davlat agrar universiteti (TSAU) ekspertlari Nukus, Chimboy va Mo‘ynoq tumanlaridagi tajriba maydonlarida o‘tkazilgan uch yillik ilmiy tadqiqot natijalarini taqdim etdilar.

Uchrashuv davomida sho‘rlanishga chidamli ekinlar agrotexnologiyalari, tuproq unumdorligiga ta’siri (2023-2025-yillar), yig‘im-terimdan keyingi iqlimga chidamli texnologiyalarni rivojlantirish, sho‘rlanish xaritalarini yaratish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

Shuningdek, “Qishloq xo‘jaligi-akvakultura” integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish, loyihaning yakuniy hisobotlarini tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.