FOTOREPORTAJ
Ma’lumki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish” loyihasining dastlabki bosqichi amalga oshirilishi natijasida bir necha yillar e’tibordan chetda qolgan irrigatsiya tizimlari mutlaqo yangi qiyofa kasb etishi bilan birgalikda butun dunyoda taqchilligi sezilayotgan suv resurslaridan oqilona foydalanish, samaradorlikka erishish imkoniyatlari paydo bo‘ldi.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ushbu loyihaning 3-bosqichini boshlash maqsadida viloyatga tashrif buyurgan Jahon bankining suv resurslarini boshqarish bo‘yicha loyiha menejeri janob Ozod Abdulhamid boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
[gallery-13651]
–Loyihaning navbatdagi bosqichi milliy irrigatsiya tizimlarini yaxshilash va energiya samaradorligini oshirish maqsadiga qaratilgan, - dedi Jahon bankining suv resurslarini boshqarish bo‘yicha loyiha menejeri janob Ozod Abdulhamid. – Jarayonda Jahon banki tomonidan ajratilgan 80 million AQSH dollari evaziga Shimoliy Farg‘ona kanalini texnologik jihatdan modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.
Viloyat rahbari Shavkat Abdurazzoqov ushbu loyihaning amalga oshirilishi suv va elektrni tejash borasida katta manfaat keltirishini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida loyihani amalga oshirish borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va muhim vazifalar belgilab olindi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA