French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Loyihalar taqdimoti o‘tkazildi
14:39 / 2025-05-22

Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan IT yo‘nalishidagi startap g‘oyalar taqdimoti o‘tkazildi. Unda 30 ta jamoadan iborat 55 nafar tashabbuskor sun’iy intellekt, IT ta’lim, raqamlashtirish, kiberxavfsizlik, xizmatlar sohasi, elektron tijorat, ma’lumotlar tahlili (data analysis), sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda innovatsion yechimlar taqdim etildi.

Loyihaning afzalliklari, dasturiy va texnik yangilik, innovatsionlik darajasi, dolzarblik, xarajatlar smetasining asoslanganligi va amalga oshirish samaradorligi kabi ilgari surgan g‘oyalar hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. 

Tadbir yakunida uchta g‘olib jamoa, shuningdek, “Eng faol jamoa”, “Eng yosh loyiha” va “Eng innovatsion loyiha” nominatsiyalari bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan jamoalar taqdirlandi. G‘oliblar va nominatsiya sohiblariga esdalik sovg‘alari hamda Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan Coursera masofaviy ta’lim platformasiga bir yillik bepul obuna sertifikatlari topshirildi. 

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri.