French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Loyiha muhokamasida deputatlar 10 dan ziyod taklif bildirdi
14:55 / 2020-10-28

Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining Prezidentimizning "Mamlakatimiz taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasiga takliflar ishlab chiqish va taqdim etishga bagʻishlagan sessiyasi boʻlib oʻtdi.


Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining Prezidentimizning "Mamlakatimiz taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasiga takliflar ishlab chiqish va taqdim etishga bagʻishlagan sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati aʼzolari, viloyat hokimining oʻrinbosarlari, xalq taʼlimi xodimlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani boshqargan xalq deputatlari viloyat kengashi raisi, viloyat hokimi Ergash Soliyev davlatimiz rahbarining Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali marosimdagi nutqidan kelib chiqadigan muhim vazifalarga toʻxtaldi. Xalq taʼlimi tizimida faqat shaklan emas, mazmunan oʻzgarishlar yuz berayotganiga, shu oʻrinda jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan ushbu farmon loyihasi sohani yana-da takomillashtirishda muhim bosqich ekanligiga eʼtibor qaratdi.

Viloyat hokimining oʻrinbosari Furqat Joʻraqulov sessiya qatnashchilariga farmon loyihasi yuzasidan pedagoglar, ota-onalar va keng jamoatchilik fikr-mulohazalari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan takliflar va ularning ahamiyati haqida maʼlumot berdi.

Muhokamalarda soʻzga chiqqanlar tomonidan pandemiya davrida orttirilgan tajribadan kelib chiqib, onlayn tizimda oʻquv darsliklarining elektron shakllarini ishlab chiqish, oliy pedagogik taʼlim nufuzi va ahamiyatini oshirish, oʻqituvchilarni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, rasmiy hujjatlarda va amaliyotda “xalq taʼlimi tashkiloti, korxonasi” kabi atamalar oʻrniga “xalq taʼlimi muassasasi” atamasini qoʻllashni qoidaga aylantirish kabi masalarda oʻndan ziyod takliflar bildirildi.