Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Loyiha ish boshlashi bilan 200 kishining bandligi ta’minlanadi
08:32 / 2023-07-25

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Pop tumani Chorkesar hududida hozirda “Mehrigiyo” MCHJ tomonidan “Giyohlarni qadoqlash, shokolad ishlab chiqarish zavodi va tibbiyot turizm maskanini tashkil etish” loyihasi amalga oshirilmoqda.  

[gallery-12883]

Ushbu loyiha bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida seminar tashkil etildi.  

Ta’kidlash joiz, mazkur loyiha qiymati jami 35 million AQSH dollariga teng bo‘lib, uni amalga oshirish aholi salomatligini yaxshilash va tibbiyot turizmi rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.  

Seminar ishtirokchilari loyiha bilan tanishish davomida uning ta’sischilari bilan yaqindan muloqotda bo‘lib, jarayonni ko‘zdan kechirdi.  

200 nafar ishchi o‘rni yaratiladigan ushbu loyiha barchada katta qiziqish uyg‘otdi.  

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA