Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Loyiha doirasida yoshlar oʻz kasbini tanladi
13:19 / 2019-08-24

Poytaxtimizda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi hamkorligida “Men kim boʻlmoqchiman?” loyihasi doirasida tadbir boʻlib oʻtdi.


Poytaxtimizda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi hamkorligida “Men kim boʻlmoqchiman?” loyihasi doirasida tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey oʻquvchilari, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda yoshlar, ayniqsa, bitiruvchilarning bandligini taʼminlash doimiy eʼtiborda. Bu borada davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

“Men kim boʻlmoqchiman?” loyihasining asosiy maqsadi ham yangi ish oʻrinlari yaratish sohasida ish olib borayotgan barcha davlat va nodavlat tashkilotlari bilan ijtimoiy hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish orqali bitiruvchilarning bandligini taʼminlashdir. Shuningdek, ularga kasb tanlashda koʻmaklashish, muvaffaqiyatga erishgan soha xodimlari bilan oʻzaro tajriba almashish tizimini yaratish hamda ushbu kasb egalari faoliyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida ochiq eshiklar kunini tashkil etishdan iboratdir.

Tadbirda yoshlar mutasaddi tashkilot vakillarining ishga qabul va ish boshlash jarayonlari, oʻz faoliyati davomida erishgan yutuqlari, kasb sirlari hamda imkoniyatlari bilan tanishdi. Xususan, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasida 100 ga yaqin yoʻnalishlar boʻlib, har bir vazifa oʻz egasiga katta masʼuliyat yuklaydi. Ishtirokchilar soha xodimlarining mutaxassisliklari bilan tanishib qiziqqan mavzularda savollar berdi va imkoniyatlari doirasida oʻz kasblarini tanladi.