French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
LOYIHA AMALDA: Sergeli va Toshkent viloyati tumanlari uchun yangi imkon
10:38 / 2020-05-13

Foydalanishga topshirilish arafasida turgan umumiy uzunligi 46 kilometr boʻlgan 220 kVtli havo liniyasi hamda yuqori kuchlanishli yangi “Sergeli” podstansiyasi ana shu loyiha samarasi hisoblanadi.


Prezidentimizning “Toshkent metallurgiya zavodi” investitsion loyihasini amalga oshirishga doir qarori asosida “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning “Toshkent metallurgiya zavodining tashqi obyektlarini qurishda elektr energiyasi bilan taʼminlash” loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Foydalanishga topshirilish arafasida turgan umumiy uzunligi 46 kilometr boʻlgan 220 kVtli havo liniyasi hamda yuqori kuchlanishli yangi “Sergeli” podstansiyasi ana shu loyiha samarasi hisoblanadi. Hozir bu yerda texnik dasturga muvofiq kuchlanish berilib, sozlash ishlari olib borilmoqda.

Loyihani amaliyotga tatbiq etish jarayonida “Qoʻyliq” va “Adolat” podstansiyalari oraligʻidagi 220 kVtli havo liniyasini kesish orqali yangi tarmoq tuguni hosil qilindi, “Sergeli” podstansiyasigacha boʻlgan 220 kVtli havo liniyasi ham barpo etildi.

Qurilishda pudratchi boʻlgan Toshkentdagi “Maxsuselektrtarmoqqurilish” tashkiloti tomonidan 292 dona fundament, 194 dona SK-26 rusumli tayanch ustun, 68 dona metall konstruksiyali tayanch ustuni oʻrnatilib, 46,6 kilometr uzunlikdagi sim montaj qilindi. “MU-4” qurilish tashkiloti ham pudratchi sifatida qatnashib, qurilish ishlarida jonbozlik koʻrsatdi.

– Ushbu yirik loyihani hayotga tatbiq etishdan koʻzlangan maqsad Sergeli tumanida joylashgan yirik sanoat korxonalarini hamda qisman Toshkent viloyatidagi isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash kafolatini oshirish, – dedi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi Ulugʻbek Oʻrinov. – Loyihaning umumiy qiymati 29,022 million AQSH dollarini tashkil etadi. Bu mablagʻning 26,5 million AQSH dollari Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, qolgan qismi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hisobidan qoplanadi.

Muhimi, amalga oshirilgan ishlar Sergeli tumani, shuningdek, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Oʻrta Chirchiq, Quyi Chirchiq, Yangiyoʻl va Zangiota tumanlari taraqqiyotiga imkon yaratadi.