English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga toʻliq oʻtiladi. Hukumat qarorida nimalar nazarda tutilgan?
16:59 / 2021-02-11

Hukumat qaroriga ko‘ra, “yo‘l xaritasi” hamda ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi. Ishchi guruhga Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarlik qilishi belgilandi.

2021 yil 10 fevral kuni Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori qabul qilindi.

Qaror asosida, quyidagi 21 ta vazifalarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi:

  • lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma- bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi (muddat – 2021 yil may);
  • lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosining yangi tahriri asosida “O‘zbek tilining imlo qoidalari” tasdiqlash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi (muddat – 2021 yil oktyabr);
  • Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlash va kiritish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi (muddat – 2021 yil noyabr);
  • Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidan kelib chiqqan holda, ilmiy lingvistik ekspertizadan o‘tkazishning tashkiliy-huquqiy asoslari belgilanadi (muddat – 2021 yil oktyabr);
  • Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (regulation.gov.uz) loyihalarni davlat tili qoidalari hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlanganligi tekshirilgandan keyin muhokamaga chiqarish tartibi joriy qilinadi (muddat – 2021 yil noyabr);
  • O‘zbek tili alifbosi va imlo qoidalari asosida transliteratsiyaga mo‘ljallangan axborot dasturiy ta’minotlar uchun yagona talab ishlab chiqiladi (muddat – 2022 yil yanvar);
  • Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritishni o‘rganish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi (muddat – 2023 yil yanvar);
  • Ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanmalar va boshqa adabiyotlar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bosqichma-bosqich nashr etib boriladi (reja asosida);
  • Maktabgacha yoshdagi bolalarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va yangi imlo qoidalari bo‘yicha savodxonligini shakllantirishga mo‘ljallangan turli ko‘rgazmali va tarqatma materiallar tayyorlanadi (muddat – 2022 yil sentyabr);
  • Fakultativ va mustaqil o‘rganuvchilar, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlarda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va yangi imlo qoidalarini o‘rganishga mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanma va imlo, atama, joy, kishi nomlari, o‘quv lug‘atlari tayyorlanadi va nashr etiladi (reja asosida);
  • Axborot kutubxona markazlari, tashkilotlar va boshqa kutubxonalar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi adabiyotlar bilan bosqichma-bosqich boyitib boriladi (reja asosida);
  • Kirill alifbosida chop etilgan va kutubxonalarda saqlanayotgan adabiyotlarning bosqichma-bosqich lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi elektron ko‘rinishlari yaratiladi (reja asosida);
  • Kirill yozuvidan lotin yozuviga (yoki aksincha) savodli o‘giradigan dasturiy ta’minotlar hamda ularning mobil ilovalarini yaratish rag‘batlantiriladi (muddat – 2022 yil dekabr);
  • Internet tarmog‘idagi O‘zbekiston Respublikasi rasmiy veb-saytlari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkaziladi (muddat – 2022 yil dekabr);
  • O‘zbekiston fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar, ID-kartalar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalari takomillashtirilgan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘ladi (muddat – 2022 yil yanvar);
  • O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari yuzasidan tayyorlangan dissertatsiyalar himoyasi bilan bog‘liq jarayonlarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta’minlanadi (muddat – 2022 yil dekabr);
  • Ish qog‘ozlari, turli blanklarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta’minlanadi (muddat – 2022 yil dekabr);
  • Mamlakatimizdagi joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlar to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yoziladi (muddat – 2022 yil dekabr);
  • Markaziy, mahalliy bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkaziladi (muddat – 2022 yil dekabr);
  • Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqiladi, qabul qilinadi va e’lon qilinadi (2023 yil 1 yanvardan boshlab).

Shuningdek, qaror asosida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash bo‘yicha respublika ishchi guruhi tarkibi quyidagi ko‘rinishda tasdiqlandi:

  1. A.N. Aripov         — O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, ishchi guruhi rahbari;
  2. A.A. Djurabayev   — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari (kelishuv asosida);
  3. A.K. Kadirov        — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari (kelishuv asosida);
  4. A.J. Ramatov        — Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari;
  5. B.A. Musayev          — Bosh vazir o‘rinbosari;
  6. J.A. Qo‘chqorov     — Bosh vazir o‘rinbosari;
  7. S.U. Umurzakov   — Bosh vazir o‘rinbosari;
  8. Sh.M. G‘aniyev        — Bosh vazir o‘rinbosari;
  9. A.A. Abduhakimov          — Bosh vazir o‘rinbosari;
  10. O.M. Umarov        — Bosh vazir maslahatchisi;
  11. O.K. Iminov         — Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi (kelishuv asosida);
  12. E.A. Zaxidov        — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi (kelishuv asosida);
  13. B.S. Yo‘ldoshev     — Fanlar akademiyasi prezidenti;
  14. R.Q. Davletov       — Adliya vaziri;
  15. T.A. Ishmetov       — Moliya vaziri;
  16. A.V. Shin               — Maktabgacha ta’lim vaziri;
  17. Sh.X. Shermatov   — Xalq ta’limi vaziri;
  18. A.H. Toshqulov     — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri;
  19. O.A. Nazarbekov  — Madaniyat vaziri;
  20. A.A. Xadjayev       — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori;
  21. A.Z. Sa’dullayev  — Yoshlar ishlari agentligi direktori;
  22. A.J. Xadjayev      — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi;
  23. M.M. Hojimatov — Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari;
  24. S.S. Saidov          — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi;
  25. Sh.S. Sirojiddinov       — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori;
  26. N.M. Maxmudov   — Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori;
  27. A.K. Qirg‘izboyev  — Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri, ishchi guruhi kotibi.