French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Los-Anjeles-2028" Olimpiadasining boks musobaqalari vazn toifalari tasdiqlandi
17:29 / 2025-04-10

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 2028 yili AQSHning Los-Anjeles shahrida o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlaridan boshlab ayollar boks dasturini kengaytirilishini rasman e’lon qildi.

Bu Olimpiya o‘yinlari tarixida birinchi marta boks bo‘yicha erkak va ayol bokschilar o‘rtasidagi vazn toifalari tengligiga olib kelmoqda.

Tasdiqlangan dasturga binoan "Los-Anjeles-2028"da erkaklar va ayollar o‘rtasidagi janglarda 124 nafardan charm qo‘lqop ustalari umumiy hisobdagi 14 ta vazndagi medallar uchun bahs olib borishi belgilandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA