2028 yilning global kompleks sport musobaqasi sanalgan XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlariga qiziqish, intilish, uning tegrasidagi masalalar yildan yilga dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
2028 yilning 14-31 iyul kunlari AQSHning Los-Anjeles shahrida o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi to‘rt yillik musobaqalarning chiptalarini sotib olish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, o‘yinlarga chipta xarid qilishni istagan tomoshabinlar birinchi qadamda tizimdan ro‘yxatdan o‘tishlari va o‘zlariga kerakli dasturlarni belgilashlari lozim bo‘ladi.
Aytish lozim, ro‘yxatdan o‘tish jarayoni joriy yilning 18 martiga qadar davom etadi. Bu 9-19 aprel kunlari amalga oshiriladigan birinchi sotuv jarayoni uchun asos bo‘ladi. Unda chipta egalari ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlov asosida ajratib olinadi.
Tashkiliy qo‘mitaning ma’lum qilishicha, chiptalarning ilk sotuv narxi 28 AQSH dollaridan boshlanishi kutilmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA