Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Long Xui: “Qoʻqon“ erkin iqtisodiy zonasida yangi loyiha amalga oshirilmoqda
17:08 / 2018-11-02

Fargʻona viloyatida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.


Fargʻona viloyatida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shahar va tumanlarda sanoat yoʻnalishida koʻplab istiqbolli loyihalar amalga oshirilgani yangi turdagi va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini kengaytirmoqda.

Mamlakatimizda avtomobillarga moʻljallangan gaz uskunalariga talab kundan-kun oshmoqda. Qoʻqon shahridagi “Shaffof metan sanoat“ MCHJ shaklidagi Oʻzbekiston – Xitoy qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ham yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur boʻlmoqda. Joriy yilning oʻtgan davrida bu yerda 90 milliard soʻmlikdan ortiq avtotransport vositalari uchun yuqori bosimda ishlaydigan siqilgan tabiiy gaz va kislorod ballonlari ishlab chiqarildi.

Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan qoʻshma korxonada ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot turini koʻpaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Dastlab bu yerda yiliga 70 ming dona siqilgan tabiiy gaz balloni ishlab chiqarilgan boʻlsa, bugunga kelib bu koʻrsatkich 154 ming donaga yetdi. Shuningdek, 120 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

– Oʻzbekistonda ayniqsa, xorijiy investorlar uchun qulay muhit, keng imkoniyat va sharoitlar yaratilmoqda, – deydi mazkur qoʻshma korxona taʼsischisi, “Sili Dunli” Urumchi savdo kompaniyasi rahbari Long Xui. – Yaqin kunlarda 100 foiz mahalliy xomashyodan tayyorlanadigan gaz ballonlariga butlovchi qismlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdamiz. Shuningdek, “Qoʻqon“ erkin iqtisodiy zonasida yangi loyiha amalga oshirilayotir.