Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Londondagi rossiyalik oligarxlar mulki musodara qilinishi mumkin
11:14 / 2022-01-31

Rossiyaga qarshi sanksiya keskinlashuvi asnosida Angliya poytaxtidagi rossiyalik oligarxlarga tegishli moddiy boylik musodara qilinishi mumkin.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass “Sky News” efirida shunday fikrni aytdi. 
“Biz kim, qanday sababga ko‘ra cheklov ta’siriga olinishi bo‘yicha batafsil ma’lumot bermaymiz. Sanksiyaga oid qonun doirasi keng qamrovli, hech kim bu jarayonga qarshi bora olmaydi”, dedi vazir.

Hatto, qaysidir jihatdan britaniyalik investorlarga zarar keltirsa ham sanksiya qo‘llanadi.

Liz Trass, shuningdek, demokratiya va erkinlikni vaqtinchalik moliyaviy manfaatdan muhimroq, deb hisoblashini ham qayd etgan.