Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Londondagi O‘zbekiston talabalari ittifoqi vakili Butunjahon yoshlar sammitida qatnashdi
16:45 / 2025-11-12

Germaniyaning Myunxen shahridagi Olimpiya stadionida Butunjahon yoshlar sammiti tashkil etildi. Bu yilgi forumda 190 dan ortiq mamlakat yoshlari qatori O‘zbekiston talabalar ittifoqining Buyuk Britaniyadagi direktori Asha Buxarbayeva ham ishtirok etdi.

Ushbu tashabbus mamlakatimizning Londondagi elchixonasi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston vakili mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati, xotin-qizlarning ta’limdagi faolligini oshirishga qaratilgan katta imkoniyatlar va tashabbuslar haqida nutq so‘zladi.

Sammitning ochilish marosimida Iordaniya Qirolichasi Raniya Al-Abdulla, Nobel mukofoti sovrindorlari Mariya Ressa va Tavakkul Karman, shuningdek, dunyoning yetakchi “Chanel”, “BMW”, “Siemens” va “AstraZeneca” kompaniyalari rahbarlari qatnashdi.

Qayd etish kerak, mazkur forumning bu yilgi yig‘ilishi “yashil“ iqtisodiyot, ta’limni rivojlantirish, zamonaviy ilmiy-texnologiyalardan samarali foydalanish, dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, irqiy, milliy va siyosiy adovatga qarshi kurashish mavzulariga bag‘ishlandi.

Sammit butun dunyodan yosh yetakchilarni to‘plash va ularni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, global muammolarga yechim topishga jalb qilish maqsadida 2009 yilda Buyuk Britaniyada tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Angliyadagi vatandosh talabalarni birlashtirish maqsadida Londonda O‘zbekiston talabalari ittifoqi tashkil qilingan edi.

Bugungi kunda ushbu platforma Germaniya va Italiyada ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va unga 500 dan ortiq talaba a’zo.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA