French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Londonda O‘zbekiston tadbirkor ayollari hunarmandchiligi mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
18:45 / 2024-01-26

Londonda bo‘lib o‘tgan xalqaro forum doirasida “Sharqiy bozor” tashkil etilib, unda O‘zbekistondan ishtirok etgan iqtidorli tadbirkor ayollar tomonidan yaratilgan hunarmandchilik mahsulotlari namoyish etildi.

Unda har bir mahsulot o‘ziga xos bo‘lib, o‘zbek madaniyati va an’analarining boyligini aks ettirdi. 

Shu bilan birga, “O‘zbekiston ayollari hayotidan bir kun” mavzusidagi ijodiy fotoko‘rgazma namoyish etildi. 

Ko‘rgazma ishtirokchilari o‘zbek ayollarining kundalik hayoti bilan tanishish, ularning an’analari, urf-odatlari va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni haqida ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA