French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Londonda OPHDI rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 
16:24 / 2024-04-08

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov Oksford kambag‘allikka qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish tashabbusi direktori, professor Sabina Alkir bilan uchrashdi. 

OPHDI 2007-yildan Oksford universiteti qoshida tadqiqot markazi sifatida faoliyat yuritadi.   

Sabina Alkir kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy ta’minot, Yangi O‘zbekistonda bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va davlat dasturlarini yuksak baholadi. 

— O‘zbekiston rahbarining mamlakatda kambag‘allikni qisqartirishga yo‘naltirilgan siyosati juda dolzarb va muhim, -dedi Sabina Alkir xonim. — Ayniqsa, bunda hukumatning ushbu muammolarga hamkorlar bilan birgalikda ilg‘or xorij tajribasi va yangi yondashuvlar asosida yechim qidirishi va ularni hayotga izchil tatbiq etishi borasida sa’y-harakatlari alohida maqtovga sazovor. Bunga men 2022-yil may oyida Buxoroda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha I-xalqaro forumdagi ishtirokim vaqtida amin bo‘lganman. 

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazi bilan birgalikda OPHDI da davra suhbati tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.   

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA