Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Londonda 466 kishi qo‘lga olindi
15:53 / 2025-08-11

London markazida bo‘lib o‘tgan namoyishda politsiya “Falastin harakati” guruhini qo‘llab-quvvatlagani uchun 466 kishini hibsga oldi. Ushbu tashkilot yaqinda Buyuk Britaniyada terrorizmga oid qonun asosida taqiqlangan edi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, yana sakkiz kishi boshqa jinoyati, jumladan besh nafar politsiya xodimiga hujum qilganligi uchun ushlangan. Jiddiy jarohatlanganlar yo‘q.

“Falastin harakati” — Isroilga qurol yetkazib beruvchi kompaniyalar faoliyatini to‘xtatishga chaqiruvchi faol guruh hisoblanadi. O‘tgan oy harakat a’zolari Qirollikning eng yirik harbiy aviabazasiga bostirib kirib, ikki harbiy samolyotga zarar yetkazgan. Shundan so‘ng parlament guruh faoliyatini rasman taqiqlagan. Endi mazkur harakatning a’zosi bo‘lish yoki faoliyatini qo‘llab-quvvatlash Britaniya qonunchligiga ko‘ra jinoyat sanaladi.

Parlament maydonida o‘tkazilgan oxirgi namoyishda tashkilotchilar mingdan ortiq odam qatnashganini bildirgan, politsiya esa 500-600 kishi bo‘lganini aytgan va guruhni ochiqcha qo‘llab-quvvatlaganlarning barini hibsga olgan.

Ichki ishlar vaziri Ivette Kuper politsiyani “qonuniy chegarani buzgan” kam sonli shaxslarni qo‘lga olgani uchun maqtadi.

Musulmon Ziyo, O‘zA