English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
London turnirida peshqadamga aylangan Abdusattorov bugun Adams bilan kuch sinashadi
12:06 / 2025-11-29

London shahridagi “Emirates Stadium” majmuasida davom etayotgan “XTX Markets London Chess Classic" turnirining 3-tur o‘yinlaridan keyin hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 2,5 ochko bilan yakka peshqadamga aylanib oldi.

Kecha tunda o‘tkazilgan 3-tur bahsida Abdusattorov qora donalarda Angliya sharafini himoya qilayotgan grossmeyster Nikita Vityugov bilan kuch sinashdi.

Mahoratli shaxmatchimiz qora donalarda harakatlanganiga qaramasdan raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. 3-turning qolgan 4 ta juftligidagi o‘yinlarda murosa yo‘li tanlandi.

Musobaqaning ilk turida angliyalik Gaveyn Maroroa Jons bilan durang, 2-turda AQSH sharafini himoya qilayotgan hindistonlik Abximanyu Mishrani yenggan Nodirbek 4-tur o‘yinlari ostonasida yakka peshqadamga aylandi.

Bugun, 29 noyabr kuni mukofot jamg‘armasi 50 ming funt sterlingdan iborat nufuzli turnirning 4-turida N.Abdusattorov qora donalarda o‘tgan uchta turda durangga erishgan angliyalik Maykl Adams bilan kuch sinashadi.

9 ta turdan iborat musobaqalar 5 dekabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA