English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
London Sharqiy Yevropadagi harbiylari sonini oshirmoqchi
16:18 / 2022-01-21

Buyuk Britaniya hukumati Rossiya va Ukraina chegarasidagi keskinlik sharoitida Sharqiy Yevropadagi harbiy kontingentini kengaytirish imkoniyatini o‘rganmoqda, — deb yozadi Britaniyaning “The Times” gazetasiga tayanib “TASS”. Bu yerda gap Latviya, Litva, Polsha, Estoniyaga bir necha yuz askar yuborish haqida ketmoqda.

NATO qo‘shinlarini Latviya, Litva, Estoniya va Polshada joylashtirish to‘g‘risidagi qaror 2016 yil Varshava sammitida qabul qilingan.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, ayni dam Estoniyadagi 1200 kishilik Buyuk Britaniya qo‘mondonligidagi NATO harbiy qismida 830 nafar qirollik fuqarosi bor. Yana 140 nafar britaniyalik AQSH boshchiligidagi Polshadagi ko‘p millatli alyans batalonida xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniya shu hafta Ukrainaga 30 nafar harbiy instruktor yubordi. Ular mahalliy harbiy xizmatchilarga mamlakatga yetkazilgan 2000 ga yaqin tankka qarshi boshqariladigan raketadan foydalanishni o‘rgatadi.

Umuman, “Orbital” missiyasi doirasida 100 ga yaqin angliyalik harbiy yo‘riqchi ushbu davlatga yuborilgan.
Ukraina OAV yozishicha, London Kiyevni Shvetsiyada ishlab chiqilgan “NLAW” tankka qarshi quroli bilan ham ta’minlagan.
So‘nggi payt G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqidagi shov-shuv kuchaydi.

RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu ma’lumot asossiz, dedi. U Rossiya hech kimga tahdid solmayotganini ta’kidlab, Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch bilan hal qilishga urinish og‘ir oqibatga olib kelishidan ogohlantirdi.
Ulug‘bek Mahmirzayev