English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Lomonchenko Pedrasaga qarshi chempionlik jangida ringga koʻtariladi
10:37 / 2018-09-26

Nyu-York shahrida 8 dekabr kuni “Medison-skver-garden” saroyida professional boks boʻyicha yengil vazn toifasida WBA chempioni boʻlgan ukrainalik Vasiliy Lomachenko WBO chempioni puerto-rikolik Xose Pedrasa Gonsalesga qarshi ringga chiqadi.

Vasiliy Lomachenko soʻngi marotaba Xorxe Linaresaga qarshi chempionlik jangida ringga koʻtarilib, raqibini nokautga uchratgan edi. Xose Pedrasa esa oxirgi bellashuvini avgust oyida Raymundo Beltranga qarshi oʻtkazib, ochkolar hisobida gʻalaba qozongan edi.

Shu kunga qadar Lomochenko 12 marotaba jang oʻtkazgan. Ulardan 11 tasida gʻalaba qozongan boʻlsa, bir marotaba magʻlubiyatga uchragan. Pedrasa esa 26 marta jang qilib, faqatgina bir marotaba magʻlub boʻlgan.