Lokomotiv o‘z maydonida durang o‘ynadi
Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Osiyo chempionlar ligasi “A” guruhining beshinchi turida Saudiya Arabistonining “Al-Taavon” jamoasini qabul qildi.
Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Osiyo chempionlar ligasi “A” guruhining beshinchi turida Saudiya Arabistonining “Al-Taavon” jamoasini qabul qildi.Uchrashuvda 4:4 hisobi qayd etildi. “Lokomotiv” tarkibida to‘p surayotgan Marat Bikmayev uch marotaba raqib darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, Jaloliddin Masharipov bitta golga mualliflik qildi.
Mazkur uchrashuvdan so‘ng "temiryo‘lchilar" 5 ochkoga ega bo‘lib turibdi. Futbolchilarimiz 9-may kuni safarda Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Ahli" jamoasi bilan bahslashadi.