Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Lokomotiv” ning yirik g‘alabasi
19:54 / 2015-04-08

Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Osiyo chempionlar ligasidagi dastlabki g‘alabasini nishonladi.


Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Osiyo chempionlar ligasidagi dastlabki g‘alabasini nishonladi. 

“С” guruhida o‘ynayotgan “Lokomotiv” klubi to‘rtinchi turni o‘z maydonida Qatarning “Al-Sadd” jamoasiga qarshi o‘tkazdi. 

“Temiryo‘lchi”lar uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan hujumkor o‘yin namoyish etdi. Bu 7-daqiqada o‘z samarasini berdi. Marat Bikmayev raqib darvozasini aniq nishonga oldi – 1:0. 14-daqiqada Marat Bikmayev “Al-Sadd” jamoasi darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritdi.

“Lokomotiv” a’zolari ikkinchi bo‘limni ham ketma-ket hujumlar bilan boshladi. 54-daqiqada Sanjar Shoahmedov navbatdagi golga mualliflik qildi. Zaxiradan maydonga tushgan Damir Koyashevich 79-daqiqada raqib darvozabonini dog‘da qoldirdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Ruslan Koryan beshinchi golni kiritib, “Lokomotiv”ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi. 

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Eronning “Fulad Xuziston” klubi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Endi “Lokomotiv” 21-aprel kuni “Al-Hilol” jamoasini qabul qiladi.