Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Lokomotiv” nazorat oʻyinida yirik hisobda yengildi
18:20 / 2019-01-16

Xabaringiz bor, mamlakatimizning amaldagi chempioni “Lokomotiv” klubi yangi mavsum oldidan BAAda oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinini olib bormoqda.

Xabaringiz bor, mamlakatimizning amaldagi chempioni “Lokomotiv” klubi yangi mavsum oldidan BAAda oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinini olib bormoqda.

Bugun, yaʼni 16 yanvar kuni Andrey Fyodorov shogirdlari Dubaydagi mashhur “Jebel Ali” stadioniga qarashli mashgʻulot maydonida oʻzlari kabi amirliklarda yigʻin oʻtkazayotgan Rossiyaning “Spartak” jamoasiga qarshi nazorat-sinov uchrashuvida maydonga tushdi.

Oʻyinning 7-daqiqadayoq moskvaliklar Aleksandr Tashayevning olis masofadan yoʻllagan kuchli va aniq zarbasidan keyin hisobda oldinga chiqib olishadi. Ammo, temiryoʻlchilar bunga tezkor gol bilan javob qaytarishdi. Himoyachidan toʻpni olib qoʻygan “Lokomotiv”ning yangi aʼzosi Jamshid Iskanderov qulay vaziyatni koʻkka qovurmadi va hisobni tenglashtirdi.

Oradan koʻp oʻtmay aynan oʻsha Iskanderov boshlagan hujumni Mirzayev rivojlantirdi va uni Temurxoʻja Abduxoliqov muvaffaqiyatli yakunlab, temiryoʻlchilarni oldinga olib chiqdi. Biroq, ularning quvonchi uzoqqa choʻzilmadi. 19-daqiqada Leonid Mironov 11 metrlik jarima zarbasini aniq bajarib, hisobni tenglashtirgan boʻlsa, “Spartak”ning braziliyalik legioneri Luis Adriano tanaffusga qadar jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi boʻlim toʻligʻicha “qizil-oqlar” ustunligi ostida oʻtdi va ular yana ikki marta “Loko” darvozasini ishgʻol qilishib, yirik – 5:2 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Taʼkidlash kerak, ushbu uchrashuvda “Lokomotiv” murabbiylari jamoaning barcha yangi aʼzolarini sinovdan oʻtkazishdi.

photo5332797571749489240.jpg