Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Lokomotiv” – kubok sohibi
21:05 / 2014-11-12

O‘zbekiston kubogi mamlakatimiz futbol jamoalari uchun Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini beradigan ikki musobaqadan biridir. Shu bois uni qo‘lga kiritish yo‘lidagi kurash hamisha qizg‘in va murosasiz bo‘ladi.

Bu yilgi musobaqa finalida Toshkentning ikki klubi – “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. “Olmaliq” sport majmuasida o‘tgan uchrashuvda har ikki jamoa vakillari chiroyli o‘yin namoyish etdi. 

Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shib berilgan vaqtda Jasur Hasanov tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga "Lokomotiv" muhim g‘alabaga erishdi.

Endi “Lokomotiv” mamlakatimiz kubogi sohibi sifatida 2015-yili Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadi.