Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Lokomotiv Al-Ahli klubi ustidan g‘alaba qozondi
18:49 / 2017-02-27

Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqich ikkinchi turi doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Ahli" klubini qabul qildi.

Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqich ikkinchi turi doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Ahli" klubini qabul qildi.

“A” guruhidan joy olgan "temiryo‘lchi"lar dastlabki bahsni Saudiya Arabistonining "Al-Taavon" jamoasiga qarshi safarda o‘tkazib, kichik hisobda imkoniyatni boy bergan edi. Shu bois o‘z maydonidagi uchrashuvda g‘alaba qozonish klub uchun ham, muxlislar uchun ham juda muhim edi.

O‘yin boshidanoq hujumga e’tibor qaratgan "Lokomotiv" a’zolari 20-soniyada hisobni ochdi. Marat Bikmayev uzatgan to‘pni Salamat Qutiboyev boshi bilan raqib darvozasiga aniq joylab, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda "Lokomotiv" a’zolari yana raqib darvozasiga yo‘l topdi. Vaziyatdan unumli foydalangan Marat Bikmayev 57-daqiqada hisobni 2:0 ga yetkazdi.

Shu tariqa o‘z maydonida ishonchli g‘alabaga erishgan "Lokomotiv" jamoasi dastlabki uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Endi jamoamiz 13-mart kuni o‘tkaziladigan uchrashuvda Eronning "Istiqlol" klubi mehmoni bo‘ladi.