Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Logistika — eksportdagi hal qiluvchi kuch
11:52 / 2026-02-11

Bugun tashqi bozorda raqobat faqat mahsulot sifati bilan emas, uning qanchalik tez va ishonchli yetkazib berilishi bilan ham o‘lchanmoqda. Shu jihatdan, “BMB Holding” tarkibidagi logistika yo‘nalishining izchil rivoji xolding eksport salohiyatini mustahkamlab bormoqda.

Xususan, “BMB-NRC Logistics” qo‘shma korxonasi orqali Rossiya bozoriga navbatdagi eksport partiyasining jo‘natilishi mazkur tizim samaradorligining yaqqol ifodasi bo‘ldi. Ushbu partiyadan serhosil Jizzax vohasi zaminida yetishtirilgan brokkoli va gulkaram o‘rin olgan bo‘lib, mahsulotlar xalqaro standartlar asosida tayyorlanib, zamonaviy logistika infratuzilmasi orqali o‘z manziliga yo‘l oldi.

Ma’lumki, eksportda muvaffaqiyatning kaliti — yaxlit va uzluksiz zanjirda. “BMB Holding” tasarrufidagi logistika tizimida mahsulotlarni saralash, qadoqlash, sovitish, saqlash va tashish jarayonlari o‘zaro uyg‘un holda yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa eksport operatsiyalarining tezkorligi va samaradorligini ta’minlamoqda.

Shu bilan birga, bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya va karantin talablariga qat’iy rioya qilinishi, xizmatlarning “bir darcha” tamoyili asosida tashkil etilgani jizzaxlik tadbirkorlar hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratmoqda.

Natijada, “BMB Holding” nafaqat eksport hajmlarini oshirish, balki tashqi bozorlar geografiyasini kengaytirish orqali O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini yanada mustahkamlab bormoqda. Bu esa zamonaviy logistika barqaror eksportning hal qiluvchi omili ekanini tasdiqlaydi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri