Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Liz Trass – Buyuk Britaniyaning yangi Bosh vaziri
17:18 / 2022-09-05

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trass hukmron Konservativ partiya yetakchiligi uchun kurashda g‘olib bo‘ldi. Bu haqda partiya a’zolari ichida ovoz berish natijasiga ko‘ra ma’lum qilindi.

Partiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, partiyadoshlar 47 yoshli Trassga 81 ming 326 va uning raqibi 42 yoshli sobiq moliya vaziri Rishi Sunak uchun 60 ming 399 ovoz berishdi.

Shunday qilib, Trass hukmron partiya rahbari va Bosh vazir bo‘lib ishlagan Boris Jonsonni almashtiradi. Unga yangi hukumat tarkibini shakllantirish vazifasi topshiriladi.

Trass Buyuk Britaniyaning ellik oltinchi Bosh vaziri yoki bu lavozimni bir necha marta egallaganlar hisobga olinsa, 78-hukumat raisi, Qirolicha Yelizaveta II davrida hukumatning o‘n beshinchi boshlig‘i bo‘ladi.

U Margater Tetcher (1979-1990 yillar) va Tereza Mey (2016-2019 yillar)dan keyin Vazirlar Mahkamasini boshqargan uchinchi ayol sifatida tarixda qoladi.

 

O‘zA