Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Liviyada qayiq halokati: qurbonlar bor
14:46 / 2026-02-10

Liviya sohillari yaqinida muhojirlarni olib ketayotgan qayiq halokatga uchradi, deb xabar bermoqda “CBS” nashri.

Ta’kidlanishicha, qayiqda bo‘lgan 55 nafar yo‘lovchidan 53 nafari halok bo‘lgan, qidiruv ishlari natijasida ikki nafar Nigeriya fuqarosi tirik holda qutqarib qolingan.

Xalqaro migratsiya tashkiloti hisobotiga ko‘ra, yanvar oyining o‘zida O‘rta yer dengizining markaziy qismida noqulay ob-havo sharoiti sabab yuz bergan bir qator kema halokatlari oqibatida kamida 375 nafar muhojir halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA