Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Liviyada 74 muhojir suvga g‘arq bo‘ldi
11:00 / 2025-09-18

Liviyaning Tobruk shahri yaqinida 74 muhojir bo‘lgan qayiq cho‘kib ketdi, deya xabar tarqatdi ushbu arab davlatidagi BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi vakolatxonasi.

— Aksar sudanliklarni olib ketayotgan qayiq qirg‘oq yaqinida ag‘darilib ketdi, — deyilgan bayonotda.

Idora xabarida voqea 13 sentyabr, shanba kuni sodir bo‘lgani, cho‘kkan kemadagi 13 kishi omon qolgan, o‘nlab odamning taqdiri hali noma’lumligi aytilgan.

Afrikaning Sahroi Kabir mintaqasidan har kuni yuzlab muhojir Tunis va Liviya orqali qayiqda Yevropaga o‘tishga harakat qiladi. O‘nlab migrant halokatli safar qurboniga aylanadi. Bunday fojia bilan bog‘liq xabarlar, ayniqsa, o‘tgan yili keskin ko‘paydi.

S.Rahimov, O‘zA