Liviya Qizil yarim oy jamiyati vakili o‘g‘irlab ketilgan
Liviya Qizil yarim oy jamiyati va BMTning Liviyani qo‘llab-quvvatlash missiyasi jamiyatning mintaqaviy bo‘linmalaridan birining rahbari o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilib, xodim zudlik bilan qo‘yib yuborilishiga chaqirdi.
Liviya Qizil yarim oy jamiyati bayonotiga qaraganda, Ajdabiya shahri bo‘linmasi rahbari Mansur Atil al Mag‘ribiyning mashinasi qurollar kishilar tomonidan to‘xtatilgan va uning o‘zi o‘g‘irlab ketilgan.
Bir necha kundirki, u bilan aloqa yo‘q, qayerdaligi noma’lum.
Tvitter orqali ma’lum qilinishicha, BMT missiyasi uning zudlik bilan qo‘yib yuborishga va huquqni himoya qilish organlarini mazkur hodisa bo‘yicha sinchkov va xolis tekshiruv o‘tkazishga chaqiradi.