Liviya joriy yilda 100 ta yangi neft va gaz quduqlarini ochmoqchi
Liviya neft va gaz vaziri Xalifa Abdusodiq joriy yilda o‘lkada 100 ta yangi neft va gaz quduqlarini ochish rejasini e’lon qildi.
Tripolida o‘tkazilgan energetika va iqtisodiy sammitida nutq so‘zlagan vazir Liviyaning 2026 yilga mo‘ljallangan energetika sektori maqsadlarini bayon qilib, o‘tgan yilda mamlakatda 30 dan ortiq neft va gaz quduqlari ochilganini qo‘shimcha qildi.
Liviya neft va gaz vazirligi 2025 yil noyabr oyida 17 yil ichida birinchi marta 22 ta blokda, ulardan 11 tasi quruqlikda va 11 tasi dengizda neft va tabiiy gazni qidirish va qazib olish bo‘yicha tender o‘tkazilganini e’lon qildi.
G.Sattorova, O‘zA