Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Liverpul” taqdiri bugun tunda hal boʻladi
19:31 / 2018-12-11

Bugun va ertaga futbol boʻyicha klublar oʻrtasidagi eng nufuzli turnir – UYEFA Chempionlar ligasining guruh bosqich 6-tur oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Ortda qolgan 5 tur yakunlariga koʻra 12ta jamoa pley-off bosqichiga yoʻllanmalarni naqd qilib ulgurishgan.

Bugun va ertaga futbol boʻyicha klublar oʻrtasidagi eng nufuzli turnir – UYEFA Chempionlar ligasining guruh bosqich 6-tur oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Ortda qolgan 5 tur yakunlariga koʻra 12ta jamoa pley-off bosqichiga yoʻllanmalarni naqd qilib ulgurishgan. Bular “Atletiko”, “Borussiya” (Dortmund), “Barselona”, “Portu”, “Shalke”, “Bavariya”, “Ayaks”, “Manchester Siti”, “Real” (Madrid), “Roma”, “Yuventus” hamda “Manchester Yunayted” klublaridir. Qolgan toʻrtta yoʻllanma uchun esa roppa-rosa yettita jamoa kurash olib borishmoqda.

Eng chigal vaziyat “S” guruhida yuzaga kelgan. Bu kvartetda hali hech bir jamoa keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritib ulgurmagan. Ammo “Liverpul” va “Napoi”ga qaraganda PSJning imkoniyatlarini yaxshiroq baholash mumkin. Negaki Tomas Tuxel shogirdlari bu turda guruh autsayderi “Srvena Zvezda” mehmoni boʻlishadi. Serbiyaliklar hozircha guruhda ochko ulashuvchi vazifasini bajarib kelishayotganini inobatga olsak, Fransiya superklubi jiddiy qiyinchilikka duch kelmasligiga ishonsak boʻladi.

“V” guruhida Ispaniya chempioni “Barselona” nafaqat pley-off yoʻllanmasi, hatto guruh gʻolibligini ham naqd qilgan. shu bois ular 6-turni xotirjam oʻtkazishi mumkin. Guruhdagi ikkinchi yoʻllanmaga Angliyaning “Tottenxem” hamda Italiyaning “Inter” klublari daʼvogarlik qilishmoqda. Inglizlar safarda “Barsa”ga qarshi toʻp surishsa, “neradzurri”lar oʻz maydoni Gollandiyaning PSV jamoasini qabul qilishadi. Bu yerda qaysi jamoaning imkoniyati yaxshiroq ekaniga oʻzingiz baho beravering.

Va nihoyat “Gʻ” guruhida ham bitta hayot-mamot uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Ukraina chempioni “Shaxtyor” oʻz uyida Fransiyaning “Lion” klubini qabul qiladi. Ayni paytda fransuzlar 7 ochko bilan guruhda 2-oʻrinni egallab turishibdi. Hal qiluvchi bahsda doneskliklarni gʻalabadan oʻzga natija qoniqtirmaydi, “Lion” esa yutqazmasa boʻlgani. Demak futbol fanatlarini oldinda bedo tunlar kutmoqda, desak mubolagʻa boʻlmadi.

UYEFA Chempionlar ligasining 6-tur oʻyinlarida quyidagi juftliklar oʻzaro toʻqnash kelishadi:

11-dekabr, seshanba

“Monako” (Fransiya) – “Borussiya” (Dortmund, Germaniya)

“Bryugge” (Belgiya) – “Atletiko” (Ispaniya)

“Barselona” (Ispaniya) – “Tottenxem” (Angliya)

“Inter” (Italiya) – PSV (Gollandiya)

“Liverpul” (Angliya) – “Napoli” (Italiya)

“Srvena Zvezda” (Serbiya) – PSJ (Fransiya)

“Shalke” (Germaniya) – “Lokomotiv” (Moskva, Rossiya)

“Galatasaroy” (Tursiya) – “Portu” (Portugaliya)

12-dekabr, chorshanba

“Ayaks” (Gollandiya) – “Bavariya” (Germaniya)

“Benfika” (Portugaliya) – AYEK (Gretsiya)

“Manchester Siti” (Angliya) – “Xoffenxaym” (Germaniya)

“Shaxter” (Ukraina) – “Lion” (Fransiya)

“Real” (Madrid, Ispaniya) – SSKA (Moskva, Rossiya)

“Viktoriya” (Chexiya) – “Roma” (Italiya)

“Valensiya” (Ispaniya) – “Manchester Yunayted” (Angliya)

“Yang Boyz” (Shveysariya) – “Yuventus” (Italiya)