French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Livanda 3 kunlik ish tashlash
06:50 / 2022-02-04

Livanlik o‘nlab taksi, avtobus va yuk mashinasi haydovchilari uch kunlik ish tashlashni boshladi.

Namoyishchilar yo‘llarni to‘sib, hukumatdan narx oshishi va iqtisodiy inqiroz bilan kurashishni talab qilishmoqda.
Uch haftadirki, mamlakatda maktab, universitetlar, ko‘plab do‘konlar majburiy yopilgan. Bunga qarshi kasaba uyushmalari shu muddat ichida ikkinchi bor ish tashlash tashkil etdi.

Norozi haydovchilar yirik magistral yo‘lni, chorrahalarni yopib qo‘ygan. Kasaba uyushmalari ish tashlash soat 5:00 dan 15:00 gacha davom etishini bildirgan.

— Bir zamonlar taksichining o‘g‘li shifokor, muhandis yoki boshqa har qanday obro‘li kasb egasi bo‘lishi mumkin edi, — deydi Bayrut markazidagi Hamra ko‘chasi yonida namoyishga chiqqan 55 yoshli Husayn Assam. — Endi taksichi bolalariga ovqat ham topib berolmayapti.

Livandagi halokatli vaziyat Jahon banki tomonidan asrning eng yomon inqirozlaridan biri sifatida ta’riflangan. Hukumat oktyabr oyida davlat subsidiyalarini rasman tugatgandan beri kasaba uyushmalari muntazam ravishda norozilik namoyishi, ish tashlash uyushtirmoqda.

Achinarli tomoni shundaki, Livanda hozir to‘liq gaz baki eng kam ish haqidan ham qimmatroq.