Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Livan prezidenti mamlakatni dunyoviy davlatga aylantirilishiga chaqirdi
11:25 / 2020-08-31

“Livan fuqarolik va dunyoviy asosdagi boshqaruvga ehtiyoj sezmoqda”, dedi prezidenti Mishel Aun.


Livan prezidenti Mishel Aun mamlakatdagi siyosiy tizimni oʻzgartirib, hukumatning konfessial asosda shakllantirilishidan voz kechishga va Livanni dunyoviy davlatga aylantirilishiga chaqirdi.

Prezident Bayrut portidagi portlashlardan keyingi mamlakatdagi tanazzul davomida, Katta Livan davlatchiligi tashkil topganiga 100-yil toʻlishi munosabati bilan bergan bayonotida shunday fikrlarni bildirgan.

“Livan fuqarolik va dunyoviy asosdagi boshqaruvga ehtiyoj sezmoqda”, dedi prezidenti Mishel Aun.

Uning murojaati mamlakat telekanallarida translyatsiya qilindi. Aunning taʼkidlashicha, hukumat konfessial asosda boʻlgani tufayli mamlakat yaxlit emas, amalda bir necha respublikaga boʻlinib qolgan.

Maʼlumot uchun, Livan konstitutsiyasiga koʻra, hukumat joylardagi konfessiyalarga koʻra ish tutadi, maʼlum hududni faqat konfessiya vakillarigina boshqarish huquqiga ega.