Livan kompaniyasi vakillari istiqbolli investitsiya loyihalarini taqdim etdi
Bugun mamlakatimizda xorijiy hamkorlarni qo‘llab-quvvatlash va erkin faoliyat yuritishlari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar o‘z samarasini berib kelmoqda. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Livanning «Arwan Pharmaceuticals Industries Lebanon s.a.l." kompaniyasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda kompaniya direktori istiqbolli investitsiya loyihalarini, jumladan, biotexnologiya yo‘nalishi bo‘yicha o‘z fikr va rejalarini taqdim etdi, deyiladi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lumotida.
Bu jarayonda ular mamlakatimizda zarur infrastruktura va ishlab chiqarish bazasini yaratish uchun mutaxassislarni jalb qilishga alohida e’tibor berishini ta’kidlagan.
Tadbir so‘ngida «Arwan Pharmaceuticals Industries Lebanon s.a.l.” kompaniyasi O‘zbekiston bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.
A.RUSTAMOV, O‘zA