Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Litvaning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
14:09 / 2021-06-18

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari L.Qudratov Litva Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi E.Bayarunas bilan uchrashdi.

E.Bayarunas Litva biznes doiralarining o‘zbekistonlik sheriklar bilan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning turli yo‘nalishlarida hamkorlik qilishga qiziqishi ortib borayotganini qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Litva o‘rtasida transport va logistika, qishloq xo‘jaligi, qayta tiklanadigan energiya manbalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi tarmoqlarda hamkorlik qilish imkoniyatlari va istiqbollari muhokama etildi.

Litva O‘zbekistonning YeIdagi eng yirik savdo hamkorlaridan biridir.

O‘tgan 4 yil mobaynida mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2,5 barobar ko‘payib, 500 million dollardan oshdi. Tomonlar ikki mamlakat tarmoqlarining imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish zarurligini ta’kidladilar.

Joriy yilning kuzida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Litva hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi hamda ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

(S.Rahimov)