Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Litvaning amaldagi Prezidenti Nauseda saylovda hozircha yetakchi
13:45 / 2024-05-13

Litva asosiy saylov komissiyasi saylov uchastkalari taqdim etgan ma’lumotni yuz foiz qayta ishlagandan so‘ng, davlatning amaldagi rahbari Gitanas Nauseda 44,19 foiz ovoz bilan prezidentlik saylovi birinchi bosqichida g‘olib chiqqanini ma’lum qildi.

13 may soat 6.00 holatiga ko‘ra, mavjud 1895 saylov uchastkasi hisoboti ko‘rib chiqilgan.

Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun kamida 50 foiz ovoz olish, shu bilan birga ro‘yxatga olingan saylovchilarning kamida uchdan bir qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlanish kerak edi.

Ikkinchi o‘rinda 19,78 foiz ovoz bilan Bosh vazir Ingrida Simonite turibdi. U 2019 yil prezidentlik saylovida ham ishtirok etgan va birinchi turda g‘alaba qozonib, ikkinchi turda Nausedaga yutqazgan edi.