Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Litvada Ozodlik himoyachilari kuni nishonlanmoqda
17:36 / 2021-01-13

Bugun Litvada 1991 yil yanvar fojialari qurbonlari yodga olinmoqda. O‘shanda Vilnyus shahrida 14 kishi halok bo‘lgan, ko‘pchilik jarohat olgan edi.

1990 yil 11 martda Litva Oliy kengashi respublika mustaqilligi qayta tiklangani haqidagi qarorni e’lon qildi. Sobiq ittifoq ushbu qarorni ittifoq konstitutsiyasiga zid hujjat, deb ma’lum qildi.

Mojaro kuchaya boshladi va 1991 yil yanvarda Litvada ruxsat berilmagan norozilik namoyishlari boshlandi. Natijada respublikaga maxsus bo‘linmalar, jumladan, “Alfa” guruhi jangchilari safarbar etildi.

Harbiylar qator strategik ob’ektlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi. 13 yanvar kuni kechqurun Vilnyusdagi harbiy shaharchadan harbiy texnikalar karvoni shahar markaziga qarab yura boshladi.

Ushbu voqealar tungi soat 00.02 gacha televideniye orqali namoyish qilib borildi. Shundan so‘ng harbiy texnikalar shahar telemarkazi binosi va teleminorani o‘rab oldi.

Xuddi shu yerda harbiylar bilan tinch aholi o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. Natijada 14 kishi qurbon bo‘ldi, 600 dan ziyod namoyishchi jarohatlandi. Halok bo‘lganlar orasida «Alfa» guruhi vakili ham bo‘lgan.

Shundan buyon 12-13 yanvar kunlari Litvada Ozodlik himoyachilari kuni o‘tkaziladi. Shu kunlari mamlakatda turli xotira tadbirlari, sayillar va mitinglar tashkil etiladi. Maktablarda vatanga sadoqat va fidoyilik mavzulariga bag‘ishlangan darslar, ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tadi.