Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Litvada noqonuniy migrantlar oqimi sabab favqulodda holat joriy qilinishi mumkin
19:05 / 2021-11-09

Litva Ichki ishlar vazirligi noqonuniy migrantlar oqimi tufayli chegaradagi viloyatlarda favqulodda holat joriy etishni taklif qilmoqda.

Bu haqda Litva ichki ishlar vaziri Agne Bilotayte ma’lum qildi.

Ushbu sarosima Belarusdagi noqonuniy migrantlar guruhlari Polsha chegarasiga o‘tgani haqidagi xabarlardan so‘ng paydo bo‘lgan.

“Biz Polsha-Belarus chegarasida qanday voqea yuz berayotganini kuzatyapmiz. Biz ushbu bosqinlar va hujumlarga duch kelmasligimiz uchun o‘ta ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Shu bois, tegishli bo‘limlar shay holatga keltirildi. Zobitlarimiz mavjud vaziyatni hisobga olgan holda qayta joylashtiriladi, – dedi vazir Agne Bilotayte.

Xabarda aytilishicha, Litva Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Davlat chegarasini qo‘riqlash xizmati noqonuniy migrantlar tomonidan chegaraga bostirib kirishga urinish va fuqarolar hayotiga xavf soladigan harakatlar kuzatilsa, maxsus texnika va qurollardan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Litva Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi Belarusni noqonuniy migratsiya mavzusida sanksiyalar ro‘yxatiga kiritishi kerakligini ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yil yanvardan buyon Litva-Belarus chegarasida 4 mingdan ortiq qochqin ushlangan, bu o‘tgan yilga nisbatan 50 barobar ko‘p degan.