Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Litva parlamenti deputati: O‘zbekiston jadal rivojlanayotgan davlatlardan biri
16:11 / 2021-10-23

Mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish maqsadida yurtimizga tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilar Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ham tashrif buyurib, deputatlar bilan muloqot qilishmoqda.

Bugun parlament quyi palatasi Spikeri o‘rinbosari U.Inoyatov Prezident sayloviga kuzatuvchi sifatida kelgan Litva parlamenti deputati, “O‘zbekiston-Litva” hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi rahbari K.Masyulis bilan uchrashdi.

Uchrashuvda U.Inoyatov mehmonlarni samimiy qutlab, ularga so‘nggi yillarda yurtimizda davlat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, ochiq va do‘stona tashqi siyosatni olib borishning ustuvor yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, saylov qonunchiligini takomillashtirish, saylov huquqini ta’minlash, saylovlarni erkin va adolatli, ochiq hamda oshkora o‘tkazish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar haqida ham axborot berildi.

O‘z navbatida, K.Masyulis samimiy muloqot uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimizning jadal rivojlanayotganini yuqori baholadi. Litva tomoni O‘zbekiston bilan xalqaro miqyosda hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi.

— Mamlakatingiz jadal rivojlanayotgan davlatlardan biridir. Shu bois, Litva tomoni O‘zbekistonni Yevropa bozorlariga chiqishida yaqindan ko‘mak berishini ma’lum qilamiz, – deydi K.Masyulis. - Ya’ni, mahsulotlar eksportida bizning dengiz portlarimizdan foydalanish uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga imkoniyatimiz bor.

K.Masyulis muloqot davomida Litva parlamenti faoliyati haqida ham ma’lumot berdi.

Ta’kidlaganidek, bugungi kunda Litva parlamenti bir palatali bo‘lib, u 141 nafar doimiy faoliyat yurituvchi deputatdan iborat.

Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda ishonchli muhitni yaratishga qaratilgan parlamentlararo aloqalarni yanada yaxshilash, siyosiy muloqotlar muntazamligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim omil bo‘lgan parlamentlararo munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlash, bu borada hamkorlikdagi tadbirlarni tashkil etish, qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashishga kelishib olindi.

 

Muhtarama Komilova, O‘zA