French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Litva mudofaa tizimini kuchaytirmoqchi
17:46 / 2026-01-29

Litva Yevropa komissiyasidan YeIning SAFE (Security Action for Europe) harbiy dasturi doirasida mudofaa loyihalarini moliyalashtirish uchun 6,3 milliard yevro miqdorida kredit oladi, deb yozmoqda “Report” axborot agentligi.

– Mamlakatimiz mazkur kredit summasidan unumli foydalanishda mudofaa tizimiga asosiy e’tibor qaratadi, -dedi Litva bosh vaziri Inga Ruginiyene.

Bosh vazir havo hujumidan mudofaa so‘zsiz ustuvor vazifa ekanligini ta’kidlab, bu masala harbiy qo‘mondonlik bilan kelishilganini ma’lum qildi. 

– O‘tgan yil oxirida biz hammasini batafsil muhokama qildik va havo hujumidan mudofaa bo‘yicha strategik yo‘nalishlarimizni belgilab oldik, -dedi u jurnalistlarga bergan intervyusida.

Xabarlarga ko‘ra, mazkur mablag‘ning asosiy qismi Litva armiyasida motorli piyodalar diviziyasini joylashtirish xarajatlariga yo‘naltiriladi.

O‘.Alimov, O‘zA