Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Litva muddatidan oldin Rossiyadan energiyadan voz kechishga qaror qildi
08:57 / 2022-07-20

Boltiqbo‘yi mamlakatlari Rossiyadan elektr energiyasini sotib olishni 2024 yildayoq, ya’ni belgilangan sanadan bir yil oldin to‘xtatishi kerak. Litva Latviya va Estoniya bilan muzokaralarda shunday qarorga kelishini talab qilmoqda, dedi respublikaning "Litgrid" tarmoq operatori rahbari Rokas Matsiulis.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu rejani muhokama qilishda Yevrokomissiya ham ishtirok etmoqda.

«Kommersant» xabarida qayd etilishicha, Boltiqbo‘yi mamlakatlari siyosiy xavf-xatarlardan qochish uchun uzoq vaqtdan beri Rossiya elektr energiyasidan xalos bo‘lishni xohlashgan, ammo bunga sezilarli energiya tanqisligi to‘sqinlik qilmoqda. Shunday qilib, 2021 yilda Litva o‘ziga kerak bo‘lgan elektr energiyasining atigi 40 foizini ishlab chiqardi. Shu bilan birga, so‘nggi yillarda Rossiyada xaridlar faqat jozibador narxlar tufayli o‘sdi.