Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Litva fuqarosi lotereyada 24 million yevro yutdi
13:03 / 2022-01-23

Litvalik kishiga «Eurojackpot” lotereyasida 24 million yevro yutuq chiqdi. «lrytas.lt” portali xabariga ko‘ra, bu summa Boltiq bo‘yi mamlakatlari uchun rekord miqdor hisoblanadi.

"48 million yevrodan ko‘proq asosiy mukofot Germaniya va Litva fuqarolari o‘rtasida teng bo‘lindi. 

Aniq summa 24 000 400,10 yevro… Lotereya tashkilotchilaridan biri bo‘lmish Bosh direktorning o‘rinbosari Donatas Kazlauskas tasdiqlashicha, bu nafaqat Litva, balki butun Boltiq bo‘yi davlatlaridagi eng yirik yutuq", - deyiladi xabarda.

Mazkur omadli chipta 20 yanvar kuni Vilnyus shahridagi «Maxima” do‘konlari tarmog‘ida xarid qilingan. Shu paytgacha Litvada bu boradagi rekord ko‘rsatkich 13 million yevroga teng edi. O‘sha yutuq sohibi 2021 yil yozida Vilnyus shahrida yashovchi odam chanqab magazinga kirgan va mineral suvga qo‘shib bir yo‘la lotereya ham sotib olgandi.