Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Litva Belarus bilan chegara devorini qurib bitkazdi
15:53 / 2022-08-30

Belarus davlati bilan chegara devori bitgani to‘g‘risidagi xabarni Litva hukumati raisi Ingrida Shimonite e’lon qildi.

550 kilometrli besh metr balandlikdagi to‘siq Litva va Belarus  o‘rtasidagi quruqlik chegarasini, deyarli, to‘liq qoplagan.

“BNS” agentligi “EPSO-G” kompaniyasi xabariga tayanib, ob’ekt Litva va Belarus hududini quruqlik chegarasi bo‘ylab ajratib turadigan besh metrli beton panjaradan iborat ekanini yozgan. Ikki davlat o‘rtasidagi umumiy chegara 679 kilometr, shundan 100 kilometrga yaqini daryo va ko‘ldan iborat.

Qurilishi 2021 yil oktyabr oyida boshlanib, belgilangan muddatdan bir oy avval bitirilgan ushbu devorning qiymati 152 million yevroga baholangan.

Litva hukumati rasmiy Minsk boshlagan migratsiya inqirozidan so‘ng Belarus bilan chegarada devor qurishga qaror qilgan edi.

Shuningdek, Polsha ham joriy yil iyul oyida Belarus bilan 186 kilometrlik chegarada devor tiklagan. Balandligi 5.5 metr mazkur to‘siq qurilishi uchun, qariyb, 350 million yevro sarflangan.