Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Litva “BelAES” qurilishida ishtirok etayotgan kompaniyalarga qarshi sanksiyalar qo‘llanishini talab qilmoqda
09:40 / 2021-05-31

Litva bosh vaziri Ingrida Shimonite Yevroittifoqni Belarus atom elektrostansiyasi qurilishida ishtirok etayotgan kompaniyalarga nisbatan sanksiya joriy qilishga chaqirdi.

“Financial Times” xabarida aytilishicha, Shimonite Belarus hukumatiga qarshi sanksiyaning barcha turlarini ko‘rib chiqilishini, jumladan, “BelAES” ni qurayotgan kompaniyalarga sanksiya joriy qilinishi kerakligini talab qilgan.  

Avvalroq, Yevroparlament xavfsizlik talablariga javob bermasgani uchun “BelAES”dagi ishlarni to‘xtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya qabul qilgandi.